O‘zLiDeP deputati aholi murojaatlarini nazoratga oldi

22.09.2018, 16:01

O‘zLiDeP deputati aholi murojaatlarini nazoratga oldi

 O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi Navbahor tumanidagi “Sarbozor”, “Navkar” va “Chorvoqguzar” mahallasi aholisi uchun sayyor qabul tashkil etdi.

Qabulda “Sarbozor” MFYda yashovchi Baxtiyor Farmonov Davriqo‘rg‘on ko‘chasida qurilgan 10-sonli maktabgacha ta’lim muassasasiga olib boradigan yo‘lni ta’mirlashda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Oliya Aralova esa “Suparkent” ko‘chasidagi asosiy yo‘lga shag‘al yotqizishda ko‘mak so‘radi.

Har ikki murojaat ham Xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi S.Avezov tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborish uchun yozib olindi.

“Sarbozor” MFY aholi nomidan so‘z olgan mahalla faoli “Nurchilar” ko‘chasida elektr sim yog‘ochlar ko‘chaning oxirigacha yetkazilmaganidan shikoyat qildi.

Ushbu murojaat yuzasidan Xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi tomonidan tuman elektr ta’minoti bo‘limiga so‘rov yuborish rejalashtirildi.

 “Chorvoqguzar” MFYda yashovchi YaTT Gulrux Shamsidinova “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lib, “Sarbozor” MFYda ijarada tikuvchilik bilan shug‘ullanib keladi. Lekin tadbirkor faoliyatini yanada kengaytirib qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratmoqchi. Shu bois, u mutasaddilardan bino qurish uchun yer olishda ko‘mak so‘radi.

Mazkur murojaat yuzasidan shu kunning o‘zida Xalq noiblari tomonidan tuman hokimligiga deputatlik so‘rov yuborildi.

 Shu mahallada yashovchi Ma’rifat Ibragimova hudud ahlining  “Xalq banki” tuman fililaliga tikish mashinalari uchun hujjat taqdim qilishiga  qaramay, haligacha tikuv mashinalari berilmayotganidan nolidi.

Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi S.Avezov tomonidan “Xalq banki” Navbahor tuman filiali boshlig‘i nomiga so‘rov  yuborildi.

 O‘zLiDeP Navoiy viloyat

Kengashimatbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1141
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Навоий вилоят Кенгаши Қўчқоров Беҳзод Исомиддинович2018-09-23 14:56:08

Ўтказилаётган сайёр учрашувлар давомида маҳаллий аҳоли вакилларидан келиб тушаётган мурожаатларнинг аксарияти депутатлик сўровлари натижаси орқали ҳал бўлаётганлигидан халқнинг депутатларга қолаверса партиямизга бўлган муносабати ва қарашлари янада ижобий бўлишига замин яратмоқда.


Fikringizni qoldiring

+