Nukusda yosh tadbirkor master-klass tashkil etdi

22.09.2018, 16:09

Nukusda yosh tadbirkor master-klass tashkil etdi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Qoraqalpoq davlat universitetida “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Tadbirda “Oralbay Nukus” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, yosh tadbirkor Pamir Serjanov tomonidan master-klass tashkil etildi.

– Tadbirkorlik faoliyatimni 2013 yili tijorat banklaridan kredit olib boshlagan edim, – deydi Pamir Serjanov. – Korxonamiz asosan temir buyumlaridan mahsulotlar ishlab chiqaradi. Korxona faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida Xitoy davlatidan yangi texnologiyalarni olib keldik. Bugungi kunda korxonamizda 12 nafar ishchi ishlamoqda. Yangi uskunalarning ishga tushishi bilan yana 10 nafarga yaqin yoshlarni ish bilan ta’minlash imkoni paydo bo‘ladi.  

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

 Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    446
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-09-22 17:52:27

Маколадаги Памир Сержанов каби тадбиркор ешларимизниниг изланиши талапчанглиги ва албатта янгиликка ендашуви кимни булсада кувонтиради. Софимиз мана шундай фидойи фаол ешлар билан купайиши тарафдоримиз. Партиямизниниг максад вазифаларига суянган холда фаолият юритаетган сиёсий ва хукукий саводхон ешларимиз хамиша мактанишимиз


Fikringizni qoldiring

+