Quvasoyda maslakdoshlarimiz soni 50 nafarga ko‘paydi

22.09.2018, 16:44

Quvasoyda maslakdoshlarimiz soni 50 nafarga ko‘paydi

O‘zLiDeP Quvasoy shahar Kengashi xalq deputatlari shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi bilan hamkorlikda shahar tibbiyot birlashmasi qoshidagi BPTda amaliy muloqot tashkil etdi.

Muloqotda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida hayotga tatbiq etilayotgan amaliy ishlar, “Yoshlar – kelajagimiz” hamda “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratish tartibi haqida tushunchalar berildi.

–Shahrimizda 2 mingga yaqin partiya a’zolari 33 ta BPTga jipslashgan holda faoliyat yurityapti, – deydi xalq noibi, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi B.Usmonov. –Eng muhimi, a’zolarimizning aksariyatini tadbirkor va fermerlar tashkil etadi. Shu bois,  doimiy ravishda ularning siyosiy bilimlarini oshirishga alohida ahamiyat beryamiz.

Muloqot so‘nggida mazkur quyi bo‘g‘in safiga yana 50 nafar a’zolar qabul qilindi.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    413
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-09-24 14:52:49

Қувасойда партиямиз тарафдорларининг сони яна 50 нафарга кўпайганидан жуда хурсандмиз.Партиядошларимиз сони янада кўпаяверишига тилакдошман.


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб2018-09-24 08:25:36

Чоп этилаетган маколалардан англаб етиш кийин эмас, УзЛиДеП ниниг жамият бошкарувидаги урни ва мавкейи кун санаб ошиб бораетир. Албатта биргалашиб килган харакат самарали булари сузсиз. Биргаликда биз кучмиз! Софдошларимизга омад тилаймиз


Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-09-22 20:49:34

Партиямиз сафларининг кенгайиши партиямизнинг давлат ва жамият бошқарувидаги ролининг ошишига, халқ ўртасида эса тарафдорлари кўпайишига олиб келади.


Fikringizni qoldiring

+