“Salomov Ziyo Ziyoyevich” fermer xo‘jaligida BPT tashkil qilindi
24.09.2018, 11:09
O‘zLiDeP Samarqand tuman Kengashi tomonidan tumandagi “Salomov Ziyo Ziyoyevich” fermer xo‘jaligida “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturlarining targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv uyushtirildi. Uchrashuvda Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi raisi Abdujabbor Umarov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir qabul qilingan qaror va farmonlarning mazmun-mohiyati haqida gapirdi.
– Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yaratilayotgan shart-sharoitlardan har bir fuqaro oqilona foydalanib, hech bo‘lmaganda, tomorqasida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ysa ham, oilaviy budjetiga foyda keltiradi, – deydi A.Umarov. – Xususan, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida berilayotgan imkoniyatlar mamlakatimizda oilalar faravonligini oshirishning muhim kafolatidir. Bundan barcha fuqarolarimiz, jumladan, “Salomov Ziyo Ziyoyevich” fermer xo‘jaligi ishchi-xodimlari ham samarali foydalanishi kerak.
Tadbir so‘nggida fermer xo‘jaligining 10 ga yaqin ishchi xodimlari partiya safiga qabul qilinib, xo‘jalikda boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.
O‘zLiDeP Samarqand viloyat
Kengashi matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Bildirilgan fikrlar
Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-09-24 14:39:07
Жойларда аҳоли билан мулоқотларда "Ҳар бир оила тадбиркор" Давлат дастурининг мазмун моҳияти халққа кенг тушинтирилмоқда. Ушбу Давлат дастури доирасида тадбиркорликни бошламоқчи бўлганларга имтиёзли кредитлар ажратилмоқда.