Uchquduqlik O‘zLiDeP a’zosi “Tashabbus-2018” ko‘rik –tanlovi tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

24.09.2018, 11:59

Uchquduqlik O‘zLiDeP a’zosi “Tashabbus-2018” ko‘rik –tanlovi tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkiziladigan “Tashabbus-2018” ko‘rik-tanlovi qanchadan-qancha hunarmand va tadbirkorlarni kashf etdi. Ular orasida O‘zLiDeP a’zolarining ham borligi barchamizni birdek quvontiradi.

Yaqinda Uchquduq shahrida “Tashabbus-2018” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi tamomila yangi formatda, yuqori saviyada o‘tkazildi.  Ushbu tanlovda 40 ga yaqin hunarmand va tadbirkorlar ishtirok etib, o‘z mahsulotlari va xizmatlarini namoyish etdi. Ishtirokchilarning mahsulot ishlab chiqarish tendensiyasi, xizmat ko‘rsatish salohiyati, mahsulotlar sifati hay’at a’zolari tomonidan ko‘rib chiqilib, munosib baholandi.

Uchquduqda bo‘lib o‘tgan ushbu tanlovda O‘zLiDePning Uchquduq tuman Kengashi “Hunarmand” quyi bo‘g‘ini a’zosi yakka tartibdagi tadbirkor Sayyora Akromova quyon terisi va tuya junidan ishlab chiqargan har xil turdagi  tasmalar hamda kiyimlari bilan qatnashib, “Yilning eng yaxshi hunarmandi” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning viloyat bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

O‘zLiDeP Uchquduq tuman “Yosh liberallar” klubining faol a’zosi Gulhayo Rashidova esa “Yilning eng yaxshi tadbirkori” nominatsiyasida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.      

                                                                                  Q.Eshqorayeva,

                                                                                  O‘zLiDeP Uchquduq tuman

Kengashi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1260
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

З.Шарипова Навоий вилояти, Учқудуқ тумани БПТ раиси2018-09-25 11:01:47

Ташаббус-2018 ташловининг кийинги босқичларида туманимиз иштирокчисига улкан омадлар тилаб қоламан. Учқудуқлик барча партия аъзолари номидан!


Рахманова Гульнара КР тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиби 2018-09-24 16:45:13

Ўзбекистон Республикаси Президенти соврини учун ўткизиладиган “Ташаббус-2018" курик танлови тадбиркорликни янада ривожлантиришда, янгиликлар яратишда, тадбиркорларни хар тамонлама куллаб кувватлашда уларнинг мехнатларини Республика микёсида танитишга ёрдам килмокда


Томди тумани Молия булими БПТ раиси Жакипбаева Д2018-09-24 16:39:33

Сайёра Акромовага омадлар тилаб қоламиз.


Навоий вилоят Кенгаши Қўчқоров Беҳзод Исомиддинович2018-09-24 15:03:10

O‘zLiDeP аъзоси ишбилармон тадбиркор Сайёра Акромованинг "Ташаббус 2018" кўрик танловининг келгуси босқичларидаги иштирокига омад тилайман.


Fikringizni qoldiring

+