Yoshlarda internet madaniyatini shakllantirish

25.09.2018, 11:18

Yoshlarda internet madaniyatini shakllantirish

O‘zLiDeP Sho‘manay tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” “Xavfsiz internet” loyihasi doirasida “Yoshlarda internet madaniyatini shakllantirish” mavzusida davra suhbat tashkil etildi.

Unda partiya tuman Kengashi hodimlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman bo‘limi xodimlari, kollej yoshlari  va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda yoshlarning milliy an’analarimiz va xalqimizning ma’naviy qadriyatlariga sodiq farzandlar etib tarbiyalash, ular o‘rtasida internetdan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish, ijtimoiy tarmoqlarning salbiy va ijobiy tomonlarini tushuntirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi. 

– Internet bu – axborot olish va do‘stlar bilan muloqot qilish imkonini beradigan manbadir, –  deydi O‘zLiDeP Sho‘manay tuman Kengashi mas’ul xodimi F.Xodjabayev. – Shu bois yoshlar ongida internetdan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini  shakllantirish, xavfsiz internet muhitini yaratish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni  ishlab chiqish va  amaliyotga joriy qilish kerak.

Tadbir yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan taklif-mulohazalar bildirildi.

A.Umirbekov

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi partiya faoli

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1298
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Вохидова Азиза Хасановна Навоий вилояти"Кармана туман Фермерлар кенгаши" номли БПТ раиси 2018-09-25 13:19:02

O‘zLiDeP “Ёшлар қаноти” “Хавфсиз интернет” лойиҳаси доирасида “Ёшларда интернет маданиятини шакллантириш” мавзусида суҳбатлар ташкил этилиши,ёшларнинг интернет билан ишлашдаги тушунчаларини янада бойитишга хизмат қилади.O‘zLiDeP фаолларига омад..


Fikringizni qoldiring

+