O‘zLiDeP M.Esonovni ishga joylashtirdi

25.09.2018, 11:22

O‘zLiDeP M.Esonovni ishga joylashtirdi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi Oltinko‘l tumanidagi “Baxt imkon rivoj” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida “Yoshlarni tadbirkorlik va fermerlikka jalb qilishning innovatsion usullari” shiori ostida davra suhbati tashkil etdi.

– Bolaligimdan fermerlikka qiziqaman, – deydi Muhammadrasul Esonov. – Ana shunday ilg‘or fermerlarning tajribalarini o‘rganib, ulardan dars olib, kelajakda o‘z fermer xo‘jaligimni tashkil qilish niyatidaman. Bugun ushbu xo‘jalikka ishga joylashganim ezgu maqsadim yo‘lidagi birinchi qadam bo‘ldi. Buning uchun tadbirni tashkil qilgan partiyadan minnatdorman.

Ta’kidlash kerak, mazkur xo‘jalik nafaqat tumanda, balki viloyatda ham nomdor tadbirkorlik sub’ektidir. 2000 gektardan ortiq yer maydoni bo‘lgan mazkur xo‘jalikda 600 nafardan ziyod ishchi-xodim doimiy va mavsumiy ish bilan band.   

                                                                                      Elyorbek AVULOV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    449
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Вохидова Азиза Хасановна Навоий вилояти"Кармана туман Фермерлар кенгаши" номли БПТ раиси 2018-09-25 13:11:43

Партиямиз томонидан “Бахт имкон ривож” кўп тармоқли фермер хўжалигида “Ёшларни тадбиркорлик ва фермерликка жалб қилишнинг инновацион усуллари” шиори остида давра суҳбати ташкил этилиши Муҳаммадрасул Эсоновнинг ўзи орзу қилган йўналишдан боришига замин яратибди барчамизга шу она халқимиз учун эзгу ниятларда хизмат қилиш насиб этаверсин барчага омад..


Fikringizni qoldiring

+