O‘zLiDeP qo‘rg‘ontepalik Azamatjon Noraliyevga 25 mln. so‘mlik imtiyozli kredit olib berdi

25.09.2018, 11:28

O‘zLiDeP qo‘rg‘ontepalik Azamatjon Noraliyevga  25  mln. so‘mlik imtiyozli kredit olib berdi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Ma’murobod” mahallasida “Obod mahalla” dasturi doirasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Xususan, partiya faollarining xonadonlarga tashrifi davomida aholi muammolari o‘rganilib, ularga ijobiy yechim topildi. Shu hududdagi “Milliy bog‘” ko‘chasi 32-uyda yashovchi Azamatjon Noraliyev ham o‘sha tashriflarda muammosi hal bo‘lganlardan.

– Muqim ish joyiga ega emas edim, – deydi A.Noraliyev. – Uyimda 6 sotixlik tomorqam bo‘lsa-da, yaxshi daromad ololmasdim. Partiya xodimlarining uyimizga tashrifi chog‘ida “Har bir oila – tadbirkor” Dasturi doirasida kredit olishim mumkinligini bildim. Oilam bilan maslahatlashib, tomorqamizda quyonchilikni yo‘lga qo‘yishga qaror qildik. Partiya ko‘magida 25  million so‘mlik imtiyozli kredit olib, 50 bosh quyon xarid qildik.

Ta’kidlash kerak, bugun tadbirkor o‘z tashabbusi bilan oilaviy ishsizlikni bartaraf etdi. Endi Noraliyevlar oilasi faoliyatini yanada kengaytirib, ko‘proq daromad olishni rejalashtiryapti.

Shuhratbek BOZAROV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

 Kengashi huzuridagi

siyosiy ta’lim markazi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1010
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Xurshid2018-10-10 13:06:12

Muxtaram prezidentimiz yoshlarga turli soxalarda keng yol ochib bermoqdalar yoshlar uchun o'z tadbirkorliklarini boshlashlariga imtiyozli kreditlar berilmoqda lekin biznes rejasi bor maqsadi aniq va kelajagi bor bolgan biznes uchun kredit sorab borilsa garov suralmoqda kafillik asosida kredit olishni imkoniyati bolmayapti yoshlarni ko'plarida xozircha garov yo'q bolsa, shunday muammolarga xam etibor berishganida yuqori tashkilotlar yanada yaxshi bolardi


Вохидова Азиза Хасановна Навоий вилояти"Кармана туман Фермерлар кенгаши" номли БПТ раиси 2018-09-25 12:53:19

Имтиёзли кредит олиш ва уни мақсадли йуналтириш билан оилавий ишсизликни олди олингани қувонарли хол албатта. Бундай ташаббускорлик ва халқсеварликда O‘zLiDeP ташаббускорлигидан мамнунмиз. Тадбиркорлик фаолиятини бошлаган Азаматжон Норалиев ва O‘zLiDeP фаолларига омад.


Fikringizni qoldiring

+