O‘zLiDeP qashqadaryolik liderlarga auditoriyani boshqarish bo‘yicha seminar o‘tdi

25.09.2018, 11:35

O‘zLiDeP qashqadaryolik liderlarga auditoriyani boshqarish bo‘yicha seminar o‘tdi

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi siyosiy ta’lim markazi TATU Qarshi filialida liderlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etdi.

Unda partiya viloyat va Qarshi shahar Kengashi xodimlari, BPT raislari, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, OAV vakillari hamda talaba-yoshlar qatnashdi.

–Seminar davomida Qarshi shahar va tuman Kengashlarida shakllantirilgan 20 nafar liderning notiqlik va auditoriyani boshqara olish ko‘nikmasini sinovdan o‘tkazdik, – deydi O‘zLiDeP viloyat Kengashi qoshidagi Siyosiy ta’lim markazi rahbari O.Mavlonov. – Ular endi o‘zlaridagi hayojonni bosib, fikrlarini ravon ifoda eta olishadi. Hozircha natija yomon emas. Lekin bu kabi tadbirlarni ko‘paytirish orqali liderlarning bilim va ko‘nikmasini yuksaltirib borishimiz darkor.  

Tadbirda “Yoshlar­ - kelajagimiz” va “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturi hamda partiya dasturiy maqsad vazifalari haqida yoshlarga batafsil malumotlar berildi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1228
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гуьнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-09-25 17:19:27

O‘zLiDeP тамонидан жойларда лидерларнинг билим ва кўникмаларини оширишга қаратилган семинар-тренинг ташкил этилиши бу электоратимизнинг сиёсий ва хукукий билим даражасини оширади, уз фикрлари билан уртага чикишни ургатади , фикрлар олмашади, буларнинг барчаси партиямизнинг келгуси ишлари самарадорлигини оширади


Вохидова Азиза Хасановна Навоий вилояти"Кармана туман Фермерлар кенгаши" номли БПТ раиси 2018-09-25 13:04:37

Мана шундай учрашувлар ташкил этилишини йўлга қуйиш билан биз албатта Партиямизнинг янги аъзоларини ва ёшларни сиёсий билимларини оширишимиз мумкин бўлади Партиямиз фаолларига омад


Fikringizni qoldiring

+