Yosh liderlar “Partiya tavsiyanomasi” nomli tanlov tashkil etish g‘oyasini ilgari surmoqda

25.09.2018, 17:34

Yosh liderlar “Partiya tavsiyanomasi” nomli tanlov tashkil etish g‘oyasini ilgari surmoqda

O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi siyosiy ta’lim markazi liderlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etdi. Unda partiya Toshkent viloyat va Bekobod shahar Kengashi xodimlari, BPT yetakchilari, tadbirkor va ishbilarmonlar hamda partiya faollari ishtirok etdi.

Seminarda ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Har bir guruh o‘ziga topshirilgan mavzu yuzasidan auditoriyani jalb etish bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdi.

O‘quv davomida “Yer tuzish va ko‘chmas mulk” Davlat korxonasi qoshidagi O‘zLiDeP quyi bo‘g‘iniga tashrif uyushtirildi. Tashrif jarayonida BPTning faoliyati va quyi bo‘g‘inning partiya guruhlari bilan hamkorligi muhokama etildi.

– O‘zLiDeP yoshlarni qo‘llab–quvvatlash maqsadida “Partiya tavsiyanomasi” nomli tanlov tashkil etishi lozim, – deydi  partiya Bekobod shahar Kengashi, “Kelajak deputatlari” guruhi a’zosi Bo‘ston Isroilov. – Tanlov g‘olibiga esa oliy o‘quv yurtiga imtihonsiz kirish imtiyozini berish kerak. Bundan tashqari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan xamkorlikda oyda bir marotaba mahallalar va ta’lim muassasalarida o‘quvlar tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.

D.Tursunova,

 Bekobod shahar Kengashidagi

 O‘zLiDeP deputatlik guruhi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    440
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+