“O‘zLiDeP majburiy mehnatni oldini olishda faol bo‘lishi kerak”, deyishmoqda qoraqalpog‘istonlik maslakdoshlarimiz

25.09.2018, 17:37

“O‘zLiDeP majburiy mehnatni oldini olishda faol bo‘lishi kerak”, deyishmoqda qoraqalpog‘istonlik maslakdoshlarimiz

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risida”gi Konvensiyani ratifikatsiya qilish haqidagi qaror va Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Kegeyli maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida seminar o‘tkazdi.

Unda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi va Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari Kengashi xodimlari, mutasaddi tashkilot vakillari, partiya faollari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Kegeyli tuman bo‘limi boshlig‘i S.Asanov majburiy mehnatning oldini olish borasida tumanda olib borilayotgan ishlar haqida tushuncha berdi.  S.Asanov bunday holat yuz bersa vazirlikning ishonch telefonlariga murojaat qilish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida majburiy mehnatni oldini olish bo‘yicha partiya tashkilotlarining vazifalari ham belgilab olindi.

A.UMIRBEKOV,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi faoli

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    922
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+