O‘zLiDeP deputatlari MIB va IIB hisobotidan qoniqdi

26.09.2018, 10:25

O‘zLiDeP deputatlari  MIB va IIB hisobotidan qoniqdi

Xalq deputatlari Sayxunobod tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda MIB tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Bobur Ulashevning hisoboti tinglandi.

B.Ulashev ta’kidlashicha, MIB Sayxunobod tuman bo‘limi ish yurituvida 2017 yildan 108 mlrd 780 mln 900 ming so‘mlik ijro hujjatlari qoldiq bo‘lib o‘tgan. Hisobot davrida 45 mlrd 738 mln 700 ming so‘mlik ijro hujjatlari kelib tushgan. Bo‘lim ish yurituvida jami 154 mlrd 519 mln 60 ming so‘mlik ijro hujjatlari mavjud.

Shundan jami 95 mlrd 446 mln 600 ming so‘mlik ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlandi.

Yig‘ilishda IIB XPB boshlig‘i, mayor Davron Urmanovning ham hisoboti eshitildi.

Qayd etilishicha, 2018 yilning o‘tgan yetti oyi davomida tuman hududida jami sodir etilgan jinoyatlar qariyb 37 foizga kamaygan. Hozirgi kunga qadar tuman xududida jami 5 ta yo‘l transport xodisasi sodir etilgan. Tuman hududidan o‘tuvchi transport  vositalari harakatlanuvchi yo‘llarda viloyat IIB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda belgilangan reja asosida, foto va videoradarlar o‘rnatilib, yo‘l harakati qoidalarini buzgan transport vositalari haydovchilariga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, tuman hududidagi 4R-25-yo‘lining aholi yashash punktidan o‘tuvchi qismida 26 marta reydlar amalga oshirildi. Ushbu reydlar jarayonida 26 ta yo‘l harakati qoidalarini buzgan transport vositalari haydovchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Shundan spirtli ichimlik istemol qilib transport vositasini boshqarganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 131-moddasiga asosan 32 nafar haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan partiya tuman Kengashi raisi U.Niyazov, O‘zLiDeP deputatlari M.Mirzaxanov, O‘.Suvanova I.Supxanov, O‘.Sangirov, S.Xoliqulov, X.Rahimovlarning fikr-mulohazalari tinglanib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Muxriddin ISMATULLAYEV,

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat

 Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik

guruhi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1063
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+