O‘zLiDeP faollari Uchtepa kichik sanoat zonasi faoliyatini o‘rgandi

26.09.2018, 10:36

O‘zLiDeP faollari Uchtepa kichik sanoat zonasi faoliyatini o‘rgandi

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi faollaridan iborat ishchi guruh  a’zolari Uchtepa kichik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishdi.  

Aytish joiz, mazkur kichik sanoat zonasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 oktyabrdagi 806-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Ob’ektning umumiy yer maydoni 5,1 gektarni tashkil etadi.

Dastlab ishchi guruh a’zolari “NBF MED” va selofan paketlar ishlab chiqaradigan “Art Dekor Group” MChJda bo‘lib,  ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Ishchi-xodimlar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, muammo va takliflarini o‘rgandi.

Keyingi manzil “ODIL ENGINEERING” MChJ bo‘ldi. Bu yerda partiya faollari korxona faoliyatini o‘rganish barobarida, yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumotlar berdi.

 Korxona rahbarining aytishicha, korxonada sanoat asbob uskunalari ishlab chiqariladi. Lekin mahsulotning har bir turiga sertifikat olish kerak ekan. Bu esa ortiqcha mablag‘ va vaqt degani. Shu bois, tadbirkor yagona sertifikat olishda ishchi guruhdan ko‘mak so‘radi.

Mazkur murojaat yuzasidan shu kunning o‘zida xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi tomonidan tegishli tashkilotga so‘rov yuborildi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1250
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-09-27 09:34:16

Тадбиркорлардан келиб тушаётган муаммоларга ечим топиб, таклифларни инобатга олиш зарур


O`zLiDeP Томди туман бўлими аппарат рахбари М.Абдазимов2018-09-26 11:17:53

Ишчи гуруҳлар томонидан тадбиркорлар билан юзма-юз ўчрашувларнинг ташкил этилиши юртимизда фаолият юритаётган тадбиркорлани қинаётган муаммоларни бартараф этишга хизмат қилади.


Fikringizni qoldiring

+