Millatlararo totuvlik – tinchlik garovi

27.09.2018, 10:08

Millatlararo totuvlik – tinchlik garovi

O‘zLiDeP Kosonsoy tuman Kengashi “Millatlararo totuvlik va diniy – bag‘rikenglik tinchlik garovi” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. Unda O‘zLiDeP viloyat va tuman Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari hamda jurnalistlar ishtirok etdi. 

– Namangan viloyatida ham 10 ga yaqin millat vakillari inoqlikda yashab kelishmoqda, – deydi O‘zLiDeP Kosonsoy tuman Kengashi apparat rahbari A.Ismoilov. – Masalan, bizning tumanimizda ham o‘zbek, tojik va qirg‘iz xalqlari istiqomat qilishadi. Shu bois partiyamiz o‘tkazayotgan har bir tadbirda millatlararo do‘stlikni yanada mustahkamlashga harakat qilamiz.   

Tadbirda O‘zbekistonda tashqi siyosat sohasida xorijiy davlatlar, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida sezilarli natijalarga erishilayotgani ta’kidlanib, “O‘zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo‘nalish” tamoyili hayotga tatbiq etilayotgani haqida so‘z yuritildi.

 A.Rahmanov,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi STM rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    3504
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+