O‘zLiDeP qoraqalpog‘istonlik liderlarga auditoriyani boshqarishni o‘rgatdi

27.09.2018, 10:18

O‘zLiDeP qoraqalpog‘istonlik liderlarga auditoriyani boshqarishni o‘rgatdi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Liderlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish” mavzuida seminar o‘tkazdi.

Seminarda yoshlarning siyosiy va huquqiy ongini yanada oshirish, ularda ma’naviy nutq madaniyati va liderlik qobiliyatini shakllantirishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.       

– Yurtimizda yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan, – deydi Xalq deputatlari Nukus tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi S.Jaqsimov. – Faqat endi yoshlarimiz bunday imkoniyatlardan samarali foydalanishi kerak. Bu kabi seminarlar esa ularni siyosiy, huquqiy bilimlarini oshirish barobarida nutq madaniyati va liderlik qobiliyatini shakllantirishga ham xizmat qiladi.

Seminarda shuningdek, ishtirokchilarga “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining mazmun-mohiyati haqida ham tushunchalar berildi.

Q.UROZBAYEV,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

Kengashi partiya faoli

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    382
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+