Qo‘ng‘irotda safdoshlarimiz soni 50 nafarga ko‘paydi

27.09.2018, 10:29

Qo‘ng‘irotda safdoshlarimiz soni 50 nafarga ko‘paydi

O‘zLiDeP Qo‘ng‘irot tuman Kengashi “Ayollar qanoti” “Ayollarning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi va fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi ishtirokini faollashtirish” mavzusida “Elobod” shaharcha fuqarolar yig‘inida uchrashuv tashkil etdi.

– Ayni paytda tuman bo‘yicha 1 ming 727 nafar maslakdoshlarimiz 57 nafar quyi bo‘g‘inga birlashib, faoliyat olib bormoqda, – dedi O‘zLiDeP Qo‘ng‘irot tuman Kengashi apparat rahbari G.Iyembergenova. – Elektoratimiz tadbirkor va fermerlar bo‘lgani uchun ham aksariyat a’zolarimiz tadbirkor va fermerlarni tashkil etadi. A’zolarimiz safini yanada kengaytirish maqsadida joylarda tadbirkor va fermerlar bilan yuzma-yuz muloqotlar tashkil etyapmiz.

Tadbirda xotin-qizlarimizni tadbirkorlikka kengroq jalb etish  maqsadida “Har bir oila – tadbirkor” va “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturlarining mazmun-mohiyati keng muhokama etildi.  

Uchrashuv yakunida 50 nafar qo‘ng‘irotlik xotin-qizlarga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi.

Asem Sirimbetova

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1085
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+