O‘zLiDeP deputati yoshlar bilan uchrashdi

27.09.2018, 10:33

O‘zLiDeP deputati yoshlar bilan  uchrashdi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunining tag‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Unda Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Tolibboy Eshmonov yig‘ilganlarga mazkur hujjatning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berdi.

– Mazkur hujjat yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetini mustahkamlash, bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir, – deydi T.Eshmonov. – Shu bilan birga, ushbu qonun avvalgisidan o‘zining mazmun-mohiyati, hajmi, moddalarning nomi bilan farq qiladi.  

–Ushbu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tiborning yuksak namunasi deb bilamiz, – deydi Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi shaxsiy tarkib inspektori Sanjar Yusupov. – Bugungi tadbir ushbu hujjat haqidagi bilim va ko‘nikmalarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbirda “Har bir oila – tadbirkor” va “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dusturlarining mazmun-mohiyati haqida ham atroflicha tushunchalar berildi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    566
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Набижон Артков Каттақўрғон шахар Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари аппарат рахбари2018-09-27 15:27:33

Ўзбекистон Республикасининг “Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида”ги Қонунининг қабул қилиниши мамлакатимизда ёшларга бўлган эътиборнинг юксак намунасидир. Хужжат ҳақидаги билим ва кўникмаларимизни янада мустаҳкамлашга хизмат қилади.


Fikringizni qoldiring

+