Samarqandda “Faol tadbirkor – ijodkor nigohida” tanlovining taqdimoti o‘tkazildi

27.09.2018, 10:36

Samarqandda “Faol tadbirkor – ijodkor nigohida” tanlovining taqdimoti o‘tkazildi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan “Faol tadbirkor – ijodkor nigohida” tanlovining taqdimoti o‘tkazildi.

Unda viloyatdagi matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar, yozuvchilar, tadbirkor va fermerlar qatnashdi.

Tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi apparat rahbari I.Botirov ishtirokchilarga tanlovni o‘tkazish tartibi va muddatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

–Mazkur tanlov nafaqat badiiy adabiyot va publitsistikada balki  teleobrazlar orqali faol tadbirkor qiyofasidagi zamonamiz qahramoni obrazini yaratish, mamlakatimiz ijodkorlarini ushbu muhim ishga rag‘batlantirish maqsadida tashkil qilindi, – deydi I.Botirov. – Shu ma’noda, tanlov Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, zamonaviy va faol tadbirkorlar safini kengaytirishga xizmat qiladi.

Tadbirda so‘zga chiqqan jurnalistlar tanlovning adolatli va shaffof o‘tkazilishiga ishonch bildirdi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    968
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-09-27 22:28:43

Танловнинг ўтказилиши мамлакатимизда тадбиркорлар сафининг яна кенгайиши, партиямизнинг оммавий ахборот воситалари билан ҳамкорлиги ошишига хизмат қилади.


Набижон Артиков Каттақўрғон шахар Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари аппарат рахбари2018-09-27 15:20:15

O‘zLiDeP Самарқанд вилоят Кенгаши томонидан ўтказилган матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари, журналистлар, ёзувчилар, тадбиркор ва фермерлар иштирокидаги тадбир, фаол тадбиркорлар сафини кенгайтиришга хизмат қилади.


Fikringizni qoldiring

+