O‘zLiDeP faollari “Tashabbus - 2018” tanlovining Paxtachi tuman bosqichi g‘olibi bo‘ldi

27.09.2018, 10:40

O‘zLiDeP faollari “Tashabbus - 2018”  tanlovining Paxtachi tuman bosqichi g‘olibi bo‘ldi

“Tashabbus – 2018” ko‘rik-tanlovining Paxtachi tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda 48 nafarga yaqin hunarmand va tadbirkorlar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarining ko‘rgazmasini namoyish etdi.  Ko‘rgazma davomida ishtirokchilar hakamlarga ishlab chiqargan mahsulotlari, tadbirkorlik faoliyatlari haqida so‘zlab berdi.

Hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra, O‘zLiDeP faoli, “Obod Nur” fermer xo‘jaligi raisi Diloro Parmonova 1-o‘rin, partiya Paxtachi tuman Kengashi “Yosh liberallar” klubining faol a’zosi Abdulla Elmonov esa 2-o‘ringa loyiq deb topildi.

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.   

                                                                                  U.XAMIRAYEV,

                                                                           O‘zLiDeP Paxtachi tuman

 Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1167
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб2018-09-27 15:27:10

Партиядошларимизнинг ютуклари билан табриклаймиз. Ташаббус курик танлови тадбиркорларнинг хакикий мехнатларини яритишда, уларни янада изланишга, янгиликка интилувчанглигини оширади. Хаммага яна бир бор юткулар муборак!


Fikringizni qoldiring

+