Vobkentda O‘zLiDeP a’zolari soni 50 nafarga ko‘paydi

27.09.2018, 17:20

Vobkentda O‘zLiDeP a’zolari soni 50 nafarga ko‘paydi

O‘zLiDeP Vobkent tuman Kengashi Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda “Sog‘lom avlod tarbiyasida millatlararo totuvlikning o‘rni” mavzusida tadbir tashkil etdi.

– Tumanimizda asosan, o‘zbek, rus, totar va tojik millatiga mansub fuqorolar istiqomat qiladi, – deydi O’zLiDeP Vobkent tuman Kengashi apparat rahbari Bozor Odilov. – Ular o‘rtasida sog‘lom muxitni shakllantirish va muammolarini partiyaviy vositalar ko‘magida bartaraf etish – bugungi tadbirimizning bosh maqsadidir.  

Tadbirda aholining muammolarni aniqlanib, fuqarolarga partiyaning quyi darajadagi deputatlari amalga oshirayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Tadbir yakunida 50 nafarga yaqin ishtirokchilar partiya safiga qabul qilindi.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1121
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+