O‘zLiDeP aralashuvidan so‘ng, “G’allaorol impeks”ga yong‘oq ekish uchun yer ajratildi

27.09.2018, 17:24

O‘zLiDeP aralashuvidan so‘ng, “G’allaorol impeks”ga yong‘oq ekish uchun yer ajratildi

Joriy yilning 27 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida eksportni oshirish va importni qisqartirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar ijrosi, bu borada tarmoqlar va hududlardagi ishlar holati tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida eksport rejasini bajarishdagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha asosiy yo‘nalish va vazifalarni belgilab bergan edi.

Yig‘ilishdagi vazifalardan kelib chiqib, Jizzax viloyatida eksportni oshirish va importni qisqartirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Eksportyor korxonalar sonini ko‘paytirish, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi eksportbop mahsulotlar yetishtirishni o‘zlashtirish, zamonaviy klaster va logistika markazlarini tashkil etish, eksport qiluvchi korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatishni kuchaytirish kabi ishlar shular jumlasidandir.

– Ushbu jarayonda O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi faollari hamkor tashkilot vakillari bilan birgalikda joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishmoqda, – deydi partiya viloyat Kengashi xodimi Alisher Fozilov. – Masalan, partiya aralashuvidan so‘ng, “G’allaorol impeks” MChJga G‘allaorol tuman hokimligi tomonidan yong‘oq ko‘chatini ekish uchun yer maydoni ajratish masalasi ijobiy hal qilindi. Kovul o‘simligini eksport qilish istagini bildirgan 14 ta eksportyor korxonalarga “Ekologiya va atrof muhitni saqlash” qo‘mitasidan kvotalar olib berildi. Natijada mazkur korxonlar tomonidan 30 iyul holatiga 4.4 million AQSh dollari miqdorida kovul eksporti amalga oshirildi. Ushbu ko‘rsatgich 10 million AQSh dollariga yetishi kutilmoqda

Eksportyorlar uchun yaratilayotgan sharoit va berilayotgan imtiyozlar natijasida eksportyor korxonlar soni 72 tadan 116 taga ko‘paydi. Joriy yilning dastlabki 6 oyi mobaynida gaz plitasi, biokarmit, asal mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, tovarlar nomenklaturasi kengaydi. Tahlillarga ko‘ra, Jizzax viloyati eksportyorlari tomonidan jami 46,5 million AQSh dollari miqdoridagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Eron, Tojikiston, Turkiya, Afg‘oniston, Pokiston, Vetnam, Rossiya, Ozarbayjon va Xitoy davlatlari sotilgan va davlat g‘aznasiga 19 million AQSh dollari miqdoridagi valyuta kelib tushgan.

Saida Umaraliyeva,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1975
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+