Ichimlik suvi bilan bog‘liq masala nega dasturdan tushib qolaveradi?

28.09.2018, 18:14

Ichimlik suvi bilan bog‘liq masala nega dasturdan tushib qolaveradi?

Jizzax shahridagi Amir Temur mahallasining “Asalarichilar” ko‘chasida 85 ta xonadon joylashgan. Mahalla shahar tarkibiga kirsada, hududning infratuzilmasi shahar darajasiga mutlaqo javob bermaydi. Eng achinarlisi, bu yerda bir necha yillardan buyon toza ichimlik suvi bilan bog‘liq muammo odamlarni qiynab kelmoqda. Mahalla ahli tog‘ etagida joylashgan buloqdan suv tashib iste’mol qiladi.

To‘g‘ri, “2017-2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilingan, joylarda bosqichma-bosqich bu kabi muammolar hal etilyapti, ammo “Asalarichilar” ko‘chasining bu muammosi mana bir necha yildirki Davlat dasturidan tushib qolayotganligi uchun aholi bu muddatda ham bizning ko‘chamiz rejadan tushib qolmasmikin, degan havotirda.

Bu ham mayli, aholini iste’mol qilinmagan suv uchun pul to‘lashga majbur qilinganini nima deb tushunish mumkin? Ha, joylarda shunday masalalar borki, eshitib yoqa ushlaydi kishi.

Aholi mazkur muammolarni hal etishda yordam so‘rab deputatga murojaat qildi.

Ularning murojaatiga yechim topiladimi? Dasturdan tushib qolayotgan mahallaning muammosiga mutasaddilar qanday izoh berdi?

Voqealar rivojini quyidagi videoda batafsil tomosha qilishingiz mumkin.

  • Ko'rildi
    1107
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Зульфия2018-09-29 18:43:46

Та же самая истори в Намангане , в первом микрорайоне , дипутаты обратите и на нас свое внимание. Уже семь лет живем так , вода по часам. , только утром на два часа дают и вечером на два .Многоквартирных домах в микрорайоне живут около трех миллионах жителей. , это только в первом микрорайоне., столько народу мучаются.


Fikringizni qoldiring

+