Namanganda 2500 ga yaqin binolar bosqichma-bosqich elektron auksionga qo‘yiladi

28.09.2018, 18:36

Namanganda 2500 ga yaqin binolar  bosqichma-bosqich elektron auksionga qo‘yiladi

Bu haqda O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tashkil etgan davra suhbatida ma’lum qilindi.

Davlatimiz rahbarining “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbirda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga tadbirkorlik sub’ektlarini keng jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, bo‘sh turgan ob’ektlar, yer uchastkalari hamda boshqa infratuzilmalardan samarali va oqilona foydalanishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

– Endilikda tadbikorlar avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali auksionda yer va bo‘sh turgan binolarni xarid qilishi mumkin, – deydi  Namangan viloyati yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi rahbari Mullaxo‘ja Mutavaliyev. – Hozirgi kunda viloyat bo‘yicha 475 ta yer uchastkalari sotuvga qo‘yilgan. Shuningdek, viloyatda 2500 ga yaqin bo‘sh turgan binolar aniqlanib, ularni ham bosqichma-bosqich auksion savdolariga qo‘yish rejalashtirilgan.

Tadbirda mazkur qaror tadbirkorlikni rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.  

Yulduz YuLDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    145
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+