O‘zLiDeP 13 nafar ayolga bepul davolanish uchun viloyat Skrining markaziga yo‘llanma berdi

01.10.2018, 12:09

O‘zLiDeP 13 nafar ayolga bepul davolanish uchun  viloyat Skrining markaziga yo‘llanma berdi

O‘zLiDeP tashabbusi bilan “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida bo‘lajak onalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib kelinmoqda.  

Ana shunday tadbirlardan biri G‘uzor tuman “Yarg‘unchi” mahallasida joylashgan 45-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida bo‘lib o‘tdi. Ko‘rikda malakali shifokorlar 203 nafar bo‘lajak onalarni tekshiruvdan o‘tkazdi.  

– “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida o‘tkazib kelinayotgan tibbiy ko‘riklar natijasida ko‘p sonli bo‘lajak onalar sog‘lom farzandlarni dunyoga keltirmoqda, – deydi partiya viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” mudirasi G.To‘rayeva. – Bugungi tibbiy ko‘rik natijasida ham 13 nafar bo‘lajak onalar surunkali kamqonlik kasalligi aniqlandi. Shu bois ularga davolanishi uchun viloyat Skrining markaziga yo‘llanma berildi. 5 nafar ayol tuman tibbiyot birlashmasiga statsionar davolanish uchun yuboriladigan bo‘ldi. 

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2046
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+