Jo‘qorg‘i Kengesda O‘zLiDeP fraksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

02.10.2018, 18:12

Jo‘qorg‘i Kengesda O‘zLiDeP fraksiyasining  yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zLiDeP fraksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari, Qoraqlpog‘iston Respublikasi Ishki ishlar, Qishloq xo‘jaligi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari xodimlari, Avtomobil yo‘llaridan foydalanish hududiy bosh boshqarmasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi hamda Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mitasi raisi, partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi S.Turmanov olib bordi.

Yig‘ilishda fraksiyaning yillik ish-rejasiga muvofiq, olib borilgan ishlar tahlili, deputatlik guruhi ishlarini yanada jonlantirish, kelasi 2019 yili bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish, tegishli vazirlik va idoralarning 2018 yil davomida olib borgan ishlari bo‘yicha mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitish masalalalari muhokama qilindi.

Ayni paytda davlatimiz tomonidan tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida qator qaror va farmonlar qabul qilinib, bu borada davlat idoralariga ham bir qancha vazifalar yuklandi, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi rais o‘rinbosari N.Qaljanov. – Bu borada qo‘mitamiz tomonidan foydalanilmay turgan ko‘chmas mulk ob’ektlarini aniqlash, ularni xususiylashtirib tadbirkorlarga berish va shu orqali tovar ishlab chiqarish ko‘lamini yanada kengaytirish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalarini ko‘paytirishda samarali ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida davlat mulki bo‘lgan 47 ta ob’ekti 27,8 mlrd so‘mlik investitsiya kiritish va 592 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan tadbirkorlarga sotildi.   

Yig‘ilish davomida muhokama etilgan masalalar bo‘yicha deputatlarning fikr-mulohozalari tinglandi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1074
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-10-03 08:27:03

Маколада куриниб турганидек, O‘zLiDeP Қорақалпоғистон Республикаси Кенгаши томонидан Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесидаги O‘zLiDeP фракциясининг йиғилишида долзарб масалалар кутарилган, келгуси 2019 йили бўлиб ўтадиган сайловларга хозирдан тайёргарлик кўриш барчамиз учун энг катта ахамиятли ва жавобгарчиликни талаб киладиган вазифа . Шу бойс туман Кенгашилари ишларини янада жонлантиришимиз зарур.


Fikringizni qoldiring

+