O‘zLiDeP rahbari eng yaxshi terimchilarni rag‘batlantirdi

03.10.2018, 16:26

O‘zLiDeP rahbari eng yaxshi terimchilarni rag‘batlantirdi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Aktam Xaitov  Do‘stlik tumanidagi “Agro yoshlar” fermer xo‘jaligiga tashrif buyurdi.  

Tashrif davomida O‘zLiDeP rahbari tumandagi fermerlar, paxta yig‘im terimida qatnashayotgan terimchilar bilan muloqot qilib, ularning mehnat sharoitlari bilan tanishdi.

Muloqotlar davomida paxta yig‘im-terim mavsumida aholining majburiy terimga jalb qilinishini oldini olish, terimchilarni sog‘-salomat borib kelishlari, ularning ovqatlanishlarini ta’minlash hamda terimchilarning ish haqini o‘z vaqtida berish kerakligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, qo‘liga etak olib, barcha maslakdoshlarimizni paxta yig‘im-terimiga faol ishtirok etishga chaqirdi.

–Dehqonlarimizning peshona teri, qalb qo‘ri evaziga yetishtirilgan hosilni yig‘ib-terib olishda hissa qo‘shayotganimizdan xursandmiz, – deydi O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” faoli Bonu Hamraqulova. – Chunki elektoratimiz vakillari bo‘lgan fermerlarni  har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni munosib rag‘batlantirish partiyamiz oldidagi muhim vazifalardan sanaladi. Shu bois, bugun barcha maslakdoshlarimiz qatori biz ham paxta yig‘im-terimiga ko‘maklashgani keldik.

Tashrif yakunida O‘zLiDeP rahbari A.Xaitov bir guruh eng yaxshi terimchilarga partiyaning esdalik va qimmatbaho sovg‘alarini topshirdi.

Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati kotibi

  • Ko'rildi
    1025
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

У.Боймуродов O'zLiDeP Косон туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-10-04 09:35:45

O‘zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси раиси А. Хаитов вилоятлардаги фермер хўжалигига ташрифлари давомида фермерларимиз томонидан етиштирилган пахта хом ашёсини йиғиб териб олишда қатнашаётган теримчилар билан мулоқот қилиб, уларнинг меҳнат шароитлари билан танишиб, кунлик юқори пахта терганларга эсталик совғалари берилмоқда. Ҳашарда қатнашаётган барча ҳашарчиларга куч қувват тилаймиз.


Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани ижрочи котиб2018-10-03 16:53:33

Фермерлар томонидан етиштирилган ОҚ ОЛТИНни нобуд қилмасдан териб олинишида партиямиз раҳбари ва жонкуярларининг фаол иштирок этаётганлиги барча партия аъзоларига ўрнак бўлади деб ўйлайман. Барча теримчиларга куч ва қувват тилайман.


Fikringizni qoldiring

+