O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini yetakchisi Urgut erkin iqtisodiy zonasida yangi loyihani ishga tushirdi

09.10.2018, 17:12

O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini yetakchisi Urgut erkin  iqtisodiy zonasida yangi loyihani ishga tushirdi

Urgut erkin iqtisodiy zonasining Nurobod tumani “Urgut -2” hududida O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi ilk loyihani ishga tushirdi. 

Tadbirda Urgut EIZ direksiyasi rahbari J.Haydarov, O‘zLiDeP viloyat Kengashi xodimlari, viloyat va tuman hokimligi rahbariyati, nuroniylar, korxona xodimlari, xorijlik hamkorlar hamda markaziy va mahalliy OAV vakillari ishtirok etdi.

– Loyiha joriy yilning IV choragida bajarilishi nazarda tutilgan edi –  deydi “TESPACK INVEST MENT” MChJ direktori, partiya quyi bo‘g‘ini yetakchisi Savlat Vosiyev. – Loyihaning umumiy qiymati 1 mln 800 ming AQSh dollariga teng bo‘lib, “O‘zbek lizing” lizing kompaniyasi ko‘magida KZB bank tomonidan moliyalashtirilmoqda.  

Korxonada Xitoy, Avstriya, Yaponiya texnologiyalari asosida sutkasiga 26200 donadan 40000 donagacha polietilen teraftalat (PET) kapsulalari, 330 ming dona polietilen qopqoqlar, shuningdek polietilen plyonkalar ishlab chiqarilmoqda. Loyiha doirasida 44 ta ish o‘rinlari yaratilishi nazarda tutilgan bo‘lib, dastlabki bosqichda 15 ta ish o‘rni yaratildi.

Qodir Shoyimov

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1033
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-10-10 17:04:43

Партиямиз Қуйи бўғин етакчилари орасида қобилиятли, ташаббускор ва ишбилармон фаоллар кўп.


Набижон Артиков Каттақўрғон шаҳар Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари аппарат рахбари2018-10-10 08:09:42

“TESPACK INVEST MENT” МЧЖ корхонаси каби ишлаб чиқариш кўпайсин яратилган 15та ишчи ўринлари Ватан равноқи ва Ёшлар келажаги учун хизмат қилади.


Fikringizni qoldiring

+