O‘zLiDeP faoli paxta rejasini birinchilardan bo‘lib bajardi

09.10.2018, 17:27

O‘zLiDeP faoli paxta rejasini birinchilardan bo‘lib bajardi

Shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida paxta-yig‘im terimi uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

Paxtachi tumanidagi “Muzaffar” fermer xo‘jaligi respublikamizda davlatga paxta sotish rejasini birinchilardan bo‘lib bajardi.

-Dalalarda hali hosil mo‘l. Ayni kunlarda hosilni yog‘in-sochinli kunlarga qoldirmasdan terib olish uchun barcha kuchlar safarbar etilgan,-deydi fermer xo‘jaligi raisi Lola Namozova. Shu munosabat bilan  O‘zLiDeP Paxtachi tuman Kengashi faollari fermer xo‘jaligida bo‘lishdi.

Davlatga paxta topshirish rejasini birinchilardan bajargan “Muzaffar”  fermer xo‘jaligi raisi, O‘zLiDeP a’zosi Lola Namozovaga partiyaning faxriy yorlig‘i hamda sovg‘alari topshirildi

-Asosiy maqsadimiz ham yurtimizda jamiyat rivoji uchun o‘zining munosib ulushini qo‘shib kelayotgan ishbilarmon fermer ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish orqali ularda tadbirkorlik va fermerlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda jamiyatimizning eng ilg‘or qatlami fermer xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat, - deydi O‘zLiDeP Paxtachi tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari U.Hamrayev.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    454
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Даврон Темиров O‘zLiDeP Бўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-10-11 17:37:07

Партиямиз фаоли "Абдурауф Бўстон" фермер хўжалиги рахбари А.Абдуллаевни пахта сотиш режасини биринчи теримдаёқ 108% бажарганлиги билан Бўка туман Кенгаши номидан табриклаймиз


Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-10-10 17:01:45

Юртимиз далаларидаги оқ олтинни ҳавонинг илиқ кунларида нобуд қилмасдан тезкорлик йиғиб олинишининг аҳамияти жуду катта албатта. Бу ҳашарда партиямиз тарафдорларининг кумаги кўпроқ кўзга ташланмоқда. Бу албатта ҳаммамизни қувонтиради. Пахтачилик "Музаффар" фермер хўжалиги раҳбарини пахта режасини биринчилардан бўлиб бажарганлиги билан табриклайман.


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб2018-10-10 08:54:51

Софдошимиз Лолаханни давлатга пахта сотиш режасини биринчилардан бўлиб бажарганлиги билан Тахтакупир туман Кенгаши фаоллари номидан табриклаймиз.


Fikringizni qoldiring

+