“Soktari”liklarning transport muammosi bartaraf etildi

09.10.2018, 17:36

“Soktari”liklarning transport  muammosi bartaraf etildi

O‘zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, partiya tashabbusi bilan G‘ijduvon tuman “Soktari” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “S.Ayniy uy muzey” yonida yangi transport korxonasi tashkil etilib, G‘ijduvon tuman markazidan S.Ayniy muzeyigacha olib boruvchi transport qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Avvallari, bolalarimiz, yoshi katta nuroniylarimiz tuman markaziga borish uchun maxsus taksi xizmatidan foydalanishga majbur bo‘lar edilar, – deydi Soktari MFY faoli G.Haydarova. – Endilikda uylari yonidan tansport qatnaydigan bo‘ldi. Xalq vakillarining jonkuyarligi, ularning maxalladagi har bir insonga o‘z oila a’zosidek munosabatda bo‘lishi muammoyimizni hal etdi.

Ta’kidlash kerak, mazkur muammo bundan ikki oy oldin Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Raxmatova o‘tkazgan sayyor qabulida ko‘tarilgan edi.  Mazkur masala deputat va Soktari MFY ko‘magida hal etilib, “Feruz Behruz” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil qilindi va uning negizida 18 ta ish o‘rni yaratilib, 8 ta Damas, 4 ta Matiz, 4ta Neksiya va 2 ta Kobalt mashinalarining qatnovi yo‘lga qo‘yildi.  

Shamshod JAFAROV,

O‘zLiDeP Buxoro viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1704
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-10-10 16:57:29

Партия томонидан ташкил этилаётган сайёр қабулларда аҳолини қийнаётган муаммолар депутатлар томонидан назоратга олиниб уларнинг ижобий ечим топишига кумаклашишда ЎзЛиДеП дан сайланган депутатларнинг ташаббускорликлари таҳсинга лойиқ албатта.


Умида Исаева2018-10-10 08:39:38

Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати М.Рахматовага ва партия вилоят Кенгаши ходимларига рахмат. савоб ишни йўлга қўйишган.


Fikringizni qoldiring

+