O‘zLiDeP tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida andijonlik 22 nafar yoshlar bandligi ta’minlandi

12.10.2018, 19:42

O‘zLiDeP tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida andijonlik 22 nafar yoshlar bandligi ta’minlandi

Andijon shahridagi yoshlar bog‘idagi bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi andijonlik 200 nafardan ortiq yigit-qizlarni bag‘riga chorladi. O‘zLiDeP Andijon shahar Kengashi tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan mazkur “Tadbirkorlik va bandlik” yarmarkasi viloyat hokimligi, viloyat bandlik bosh boshqarmasi, viloyat prokurturasi, viloyat IIB, viloyat davlat soliq qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi kabi qator mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda 45 ta tashkilot o‘z bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

-Bugungi tadbirda muqim ish joyiga ega bo‘ldim, - deydi o‘tgan o‘quv yilida kasb-hunar kollejini tamomlagan Rohila Alimova. – Tikuvchilikka qiziqaman, shu bois Andijon shahridagi “Sabo Hamkor” trikotaj tsehiga tikuvchi bo‘lib ishga joylashdim. Bunday imkoniyatdan xursandman. O‘zLiDePga rahmat!

Tadbirda Rohila singari yoshlar nafaqat bandlik borasidagi muammolariga yechim topdilar, shuning bilan birga hunarmandlar tomonidan namoyish etilgan milliy asarlar ko‘rgazmasidan bahramand bo‘ldilar.

Jahongir Jiyanov,

O‘zLiDeP Andijon

shahar Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    532
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+