Xonobodlik 7 nafar iqtidorli yoshlar O‘zLiDeP kadrlar zahirasiga olindi

12.10.2018, 19:50

Xonobodlik 7 nafar iqtidorli yoshlar O‘zLiDeP kadrlar zahirasiga olindi

Navro‘zoy Sayfutdinova Xonoboddagi nufuzli tashkilotda xodimlar bilan ishlash inspektori bo‘lib faoliyat yuritadi. Siyosiiy sohadagi bilimlari, qiziqishlari uni O’zLiDeP bilan doimiy hamqadam bo‘lishga undaydi. Shuning uchun ham partiya Xonobod tuman Kengashi tomonidan o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda faollikni qo‘ldan bermaydi. 

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim markazi hamda Xonobod shahar Kengashi hamkorligida partiya dasturiy maqsad va vazifalarining targ‘iboti hamda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga oid qaror va farmonlarning mazmun-mohiyatini aholi orasida keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan “Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishda partiya faolarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi o‘quv-seminarida Navro‘za kabi faol yigit-qizlarning 20 nafari ishtirok etdi.

-O‘quv seminari bizga nafaqat siyosiy maydondagi yangi me’yoriy hujjatlarni o‘rganish imkonini berdi, balki o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulot davomida bir-birimiz bilan olgan bilimlarimizdan kelib chiqib, ochiq bahsga kirisha olishimizni, tanqidga tik qarashni, erkin fikr ayta olishni o‘rgatdi, - deydi Navro‘za Sayfutdinova. – Bu biz bugun ega bo‘lgan ko‘nikmalarimizning ilk qadamlaridir.

Yoshlardagi siyosiy, huquqiy bilimlarni oshirish barobarida ulardagi nutq madaniyati va liderlik qobiliyatini shakllantirishga xizmat qilgan mazkur o‘quv seminarda xonobodlik 7 nafar iqtidorli faollar partiyaning zahira kadrlar ro‘yhatiga olindi.

Shuhratbek Bozarov,

O‘zLiDeP  Andijon viloyati

Kengashi huzuridagi

 Siyosiy ta’lim markazi rahbari

  • Ko'rildi
    1039
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+