O‘zLiDeP faollari Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markaziga masofaviy o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha taklif berdi

12.10.2018, 20:04

O‘zLiDeP faollari Tadbirkorlik faoliyati  asoslarini o‘qitish respublika markaziga masofaviy  o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha taklif berdi

O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi bilan hamkorlikda Toshkent davlat agrar universitetida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida o‘quv tashkil etdi.

Unda Partiya faollari, “Yoshlar qanoti” a’zolari, Savdo-sanoat palatasi, Toshkent davlat agrar universiteti talabalari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, bugungi kunda Markaz tomonidan 8685 nafar tadbirkorlik sub’ekti vakillari va aholi bepul o‘qitilgan bo‘lib, ularning 7263 nafari sertifikatlar bilan taqdirlandi. O‘quvlardagi kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, tahsil olgan tinglovchilardan 768 nafari tadbirkorlik faoliyatini yangidan boshlagan bo‘lsa, 331 nafar o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini yanada kengaytirganlar. Markaz tinglovchilari tomonidan o‘z faoliyatlarini boshlashi va yanada kengaytirish maqsadida banklardan jami 9,6 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari olingan, 1466 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

-  Bugungi muloqotda partiyamizning dasturiy maqsad va vazifalari borasida, elektoratimiz,  qolaversa, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan har bir fuqaroni faollikka undash, ularning yangi g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda partiyamizning o‘rni borasida ko‘plab ma’lumotlar berdik, - deydi O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi rahbari D.Kamoliddinov. – Shuningdek, muloqot davomida soha mutaxassislari tomonidan bugungi kunda yoshlar, ayollar tadbirkorligini, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar hamda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi maqsad-vazifalari bo‘yicha  ham keng ma’lumot berdik.  

Tadbir davomida O’zLiDeP faollari yoshlarni tadbirkorlikka qiziqtirish maqsadida o‘quv jarayoniga innovatsiyalarni kiritish, jumladan, masofaviy o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha taklif berdi.

O‘zLiDeP Toshkent viloyati

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    578
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+