O‘zLiDeP vakillari xivalik eng ilg‘or fermer va terimchilarni rag‘batlantirdi

14.10.2018, 11:44

O‘zLiDeP vakillari xivalik eng ilg‘or fermer va terimchilarni rag‘batlantirdi

Qadam aka Qutliyev Xiva tumanida birinchi bo‘lib davlatga paxta topshirish rejasini ortig‘i bilan bajargan “Rahimbergan Hoji-Anbar” fermer xo‘jaligi rahbari. Ko‘p yillardan beri tinimsiz mehnati bilan paxtani yetishtirish va sifatli qilib terib olish bo‘yicha ko‘plarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.

- 2005 yildan beri fermerlik bilan shug‘ullanaman, - deydi Q.Qutliyev. O‘tgan yili 25 gektar yerdan 54 sentnerdan davlatga paxta topshirgan bo‘lsak, bu yil 23 gektar yerimizdan 48 sentnerdan paxta topshirdik va rejani ortig‘i bilan bajardik. Fermer xo‘jaligimizda bugungi kunda 12 nafar doimiy va 120 nafar mavsumiy ishchilarimiz mehnat qilmoqda. Bundan tashqari fermer xo‘jaligimizda yana 10,4 gektar g‘alla, 5 gektar bog‘dorchilik, 6 gektar polizchilik, 2 gektar yerga achchiq qalampir ham yetishtirmoqdamiz. 30 dan ortiq naslli chorva mollarimiz ham bor. Kelgusida paxtadan bo‘shagan yerlarimizga g‘alla mahsulotlari ekishni reja qilganmiz.  

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi Shavkat Safarbayev va Kengash xodimlari paxta yig‘im terimida faol qatnashayotgan va yuqori natijalarga erishgan bu kabi fermer va dehqonlarni, mirishkor terimchilarning xolidan xabar olyapti. Kuniga 120 kg paxta terib kelayotgan eng ilg‘or terimchi Manzura Rahimovaga, “Gandimyon fahri” fermer xo‘jaligining eng ilg‘or terimchilari Muqaddas Masharipova, Zumrad Jabborovalarga qimmatbaho sovg‘alar va partiyaning tashakkurnomalarini topshirdi. Ilg‘or terimchilarning har biri shu kungacha 2,5 tonnadan ortiq paxta terib, xirmonga o‘zlarining munosib ulushlarini qo‘shib kelmoqdalar.

Dilshod Gafurov,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    1067
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+