Milliy bank Farg‘ona filialida O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini ish boshladi
16.10.2018, 16:55
“Milliy bank” Farg‘ona filialida O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi “O‘zLiDeP bilan yuksalish sari” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etdi.
Tadbirda O‘zLiDeP va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi o‘rtasida imzonlangan hamkorlik memorandumi asosida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.
– Bugungi uchrashuv keng qamrovli, samarali ishlarni amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi, – deydi “Milliy bank” Farg‘ona filiali xodimi Rustamjon Qodirov. – Biz asosan O‘zLiDeP elektorati bo‘lgan tadbirkorlar bilan ishlaymiz. Mijozlariga har tomonlama sifatli bank xizmatlari ko‘rsatish, tadbirkor va bank o‘rtasida o‘zaro ishonchli munosabatlarni shakllantirishda partiya bilan hamkorligimiz o‘z samarasini berishiga ishonamiz.
Tadbir yakunida partiya safiga kirish istagini bildirgan 23 nafar bank xodimlariga O‘zLiDeP a’zolik guvohnomalari topshirildi.
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring