O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” ko‘magida 21 nafar xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

18.10.2018, 17:19

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” ko‘magida 21 nafar xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

O‘zLiDeP Taxtako‘pir tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida “Sog‘lom ona – jamiyatimiz tayanchi” mavzusida mahalla ayollari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

 Partiyaning tuman Kengashi xodimlari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari, tegishli soha vakillari ishtirok etgan tadbirda xotin-qizlarning salomatligini yanada mustahkamlash, ularning tibbiyot sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida fikr-mulohozalar bildirildi.  

 Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ayniqsa ayollarning salomatligini muhofaza qilish muhim ahamiyat kasb etadi.  

Tadbir davomida mahalla xotin-qizlarining o‘z salomatligiga bee’tibor bo‘lmaslik, vaqtida tibbiy ko‘rikdan muntazam o‘tib turishi, ularda tibbiy madaniyatni yanada yuksaltirish borasida ham tibbiyot sohasi xodimlari batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

Davra suhbatidan so‘ng 21 nafar xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi.    

                                                                                       O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    408
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Умидахон Исаева. Андижон вилоят кенгаши Аёллар қаноти бўлим мудири2018-10-19 09:46:50

Хотин-қизларни тиббий саводхонлигини ошириш, уларни бепул тиббий кўрикдан ўтказилишлари бунда партия ва тиббиёт бирлашмамаларнинг хамкорлиги доимий бўлсин.


Fikringizni qoldiring

+