Namanganlik liderlar har bir Kengash huzurida yosh ixtirochilar klubini tashkil qilish kerakligini ta’kidlamoqda

18.10.2018, 17:41

Namanganlik liderlar har bir Kengash huzurida yosh ixtirochilar klubini tashkil qilish kerakligini ta’kidlamoqda

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi partiya Pop hamda Chust tumanlari Kengashi huzurida shakllantirilgan hududiy targ‘ibotchilar (liderlar) guruhi a’zolari uchun  o‘quv-seminar tashkil etdi.

– Barcha darajadagi partiya Kengashlari huzurlarida yosh ixtirochilar klublarini shakllantirish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish kerak, – deydi targ‘ibotchilar guruhi a’zosi Sherzod Jo‘rayev. – Bu nafaqat ilm-fanni, balki “start-up” loyihalarini ham rivojlantirishga xizmat qiladi. Ixtirochilar klubi a’zolari keyinchalik investorlar bilan hamkorlikda yangi-yangi korxonalarga asos solishi mumkin.   

O‘quv-seminar ishtirokchilariga “Obod qishloq” va “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturlari mazmun-mohiyati va unda belgilangan imtiyozlar to‘g‘risida ham so‘z yuritildi.

A.Rahmanov,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi STM rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1359
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+