Chimboyda O‘zLiDeP faollari sportning basketbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etdi

18.10.2018, 17:51

Chimboyda O‘zLiDeP faollari sportning basketbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etdi

 O‘zLiDeP Chimboy tuman Kengashi tashabbusi bilan tumanlar o‘rtasida sportning basketbol turi bo‘yicha musoboqa tashkil etildi.

Chimboy tuman hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman bo‘limi, Xalq deputatlari Chimboy tuman kengashi deputatlari, Chimboy tuman sport bo‘limi va tegishli tashkilot vakillari hamkorligida tashkil etilgan musobaqada barcha tumanlardan 6 ta jamoa o‘zaro bahs olib bordi.

- Ushbu muosabaqani yoshlar o‘rtasida o‘tkazishdan maqsadimiz ham ularni sport bilan muntazam shug‘ullanishga qiziqtirish, sog‘lom, barkamol avlod qilib voyaga yetkazishdan iborat, –  deydi O‘zLiDeP Chimboy tuman Kengashi apparat rahbari B.Ganiyev.

O‘ziga xos qizg‘in murosasiz kechgan musobaqa yakuniga ko‘ra Qorao‘zak tumani 3-o‘rin, Nukus tumani 2-o‘rin, Chimboy tumani 1-o‘rini qo‘lga kiritdi.

G‘olib bo‘lgan jamoalar tashkilotchilarning diplom va esdalik savg‘olari bilan taqdirlanishdi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

 matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1094
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+