Sho‘rchida eng namunali BPT aniqlandi

18.10.2018, 18:05

Sho‘rchida eng namunali BPT aniqlandi

O‘zLiDePning Ustav va Dasturida belgilangan vazifalarni joylarda targ‘ib qilishda hamda partiya rahbar organlarining qaror va farmoyishlarida belgilangan maqcad va vazifalarning bajarilishini ta’minlashda alohida namuna va faollik ko‘rsatib kelayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotlari va Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ularning tajribalarini ommalashtirish maqsadida tanlov tashkil etilmoqda. Sho‘rchi tumanida bo‘lib o‘tgan “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” va “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi eng faol deputat” tanlovining tuman bosqichida 29 ta quyi bo‘g‘in va 9 nafar deputat bellashishdi.

– Bugungi tanlov haqiqatdan ham keskin murosasiz o‘tdi, – deydi O‘zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari U.Qulmatov. – Natijalarga ko‘ra, 230 nafar a’zoni o‘zida jamlagan Sho‘rchi DMXJ qoshida tuzilgan boshlang‘ich partiya tashkiloti g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Boshlang‘ich partiya tashkilotining joriy yilning shu davriga qadar partiya g‘oyalarini targ‘ib etishga bag‘ishlab o‘tkazilgan 13ta tadbir va uchrashuvlari tanlovda hal qiluvchi rol o‘ynadi.

“Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi eng faol deputat” tanlovida esa Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi, viloyat  Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Bo‘ron Mengboyev birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

O‘.Qoraboyev,

O‘zLiDeP Sho‘rchi tuman

Kengashi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1033
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+