O‘zLiDeP ishchi guruhi ko‘magida Gurlan tumanidagi Do‘stlik mahallasining 7,47 kilometrlik qismi asfalt qilinyapti

19.10.2018, 17:07

O‘zLiDeP ishchi guruhi ko‘magida Gurlan tumanidagi Do‘stlik mahallasining 7,47 kilometrlik qismi asfalt qilinyapti

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va hududiy partiya tashkilotlari mas’ul xodimlari, deputatlik korpusi vakillaridan iborat ishchi guruhlarining joylardagi amaliy faoliyati izchil davom etmoqda. Avval o‘rganilgan masalalarning yechimi qay darajada ta’minlangani bo‘yicha quyidagi hudud misolida so‘z yuritamiz.

Xorazm viloyatida “Obod qishloq”, “Har bir oila - tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturlari doirasida aholining qiziqish va imkoniyatlari atroflicha o‘rganilib, chuqur tahlil qilinayotgani o‘z samarasini bermoqda. Bu hujjatlarning mazmun-mohiyati, ular orqali yaratilayotgan sharoitlar jonli misollar orqali tushuntirilishi targ‘ibot tadbirlarining ta’sirchanligini yanada oshiryapti.

Inson kun sayin turmushini yaxshilashga intilishi tabiiy, albatta. Toza ichimlik suvi ta’minoti esa ana shu jarayonning asosiy bo‘g‘inlardan birini tashkil etadi. Shuning uchun ham xonadonma-xonadon yurish davomida ishchi guruhi ichimlik va tomorqa uchun suv masalalariga jiddiy e’tibor qaratayapti. Murojaatlarning aksariyati ham aynan tomorqadan oqilona foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi yuzasidan bo‘lmoqda.

– Hovlimizda issiqxona qurishni  orzu qilib yurgandim, – deydi Xiva tumanidagi Chanashiq mahallasida yashovchi Bekzod Rahmonov. – Partiya faollari uyimizga kelib, tushuntirish ishlarini olib borganidan keyin niyatimni amalga oshirishga qaror qildim. Ishchi guruhi zarur hujjatlarni tez va to‘g‘ri rasmiylashtirishga yordam berdi. Natijada 27 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, issiqxona qurishni boshlab yubordim.

Hazorasp tumanidagi Sanoat mahallasida istiqomat qiluvchi Malohat Xudayberganova ishchi guruhidan non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexini ochishda ko‘maklashishni so‘ragandi. Partiya faollarining amaliy harakatlari bilan qisqa muddat ichida unga “Hamkorbank”ning tuman filialidan 50 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.

Aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar, xususan, ichki yo‘llarning ahvolini yaxshilash, maktabgacha ta’lim muassasalarini ko‘paytirish masalalari mutasaddi idoralar vakillarini joyiga taklif qilish orqali hal qilinmoqda. Muayyan vaqt va alohida yondashuv talab qiladiganlari yuzasidan esa deputatlik korpusi nazorati ostida tegishli tashkilotlarga rasmiy so‘rovlar chiqarilyapti. Jumladan, 57 ta deputatlik so‘rovining 52 tasiga murojaat mualliflarini qanoatlantiruvchi javoblar olindi.

Izlanuvchan yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ularning qiziqishlarini rag‘batlantirish va biznes-rejalarini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida navqiron avlod vakillari uchun ham ochiq muloqotlar uyushtirildi. O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning loyihalari, partiyaning innovatsion rivoj­lanishga yo‘naltirilgan tadbirlari ahamiyati xususida ma’lumotlar berildi. Ana shunday uchrashuvlardan birida Gurlan tumanining Do‘stlik mahallasida yashovchi Nozima Do‘stchanovaning ichki yo‘llar bo‘yicha murojaati deputatlik nazoratiga olingan edi. Oradan ko‘p o‘tmay Xalq deputatlari tuman Kengashidagi  O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Q.Sapayev tomonidan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga so‘rov yuborilishi natijasida mazkur mahalla yo‘llarining 7,47 kilometrlik qismida toshli qoplama ishlari bajarildi. To‘liq ta’mirlash ishlari esa davom etayotir.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1051
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-10-23 08:21:26

Партиямиз фаоллари тамонидан халкимизнинг огрини енгил килишда яъни муоммаларини ечишдаги амалий ердамлари халкимизнинг розилиги албатта уларнинг партияга хурматини ва ишончини уйготади. Хорманг ва чарчаманг хурматли софдошлар!


Fikringizni qoldiring

+