Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish masalasi O’zLiDeP quyi bo‘g‘inlari e’tiborida

30.11.2017, 17:41

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish masalasi O’zLiDeP quyi bo‘g‘inlari e’tiborida

Mamlakatimizda yoshlar manfaati va huquqlarini himoya qilish, ular o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.   

“GM Uzbekistan” AJ Xorazm viloyat filialidagi O’zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti tomonidan tashkil etilgan tadbir ham ana mavzuga bag‘ishlandi. Unda “GM Uzbekistan” AJ Xorazm viloyat filiali boshqaruvchi direktori, O’zLiDePdan Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputat S.Jumaniyozov, quyi bo‘g‘in a’zolari va ishchi-xodimlar ishtirok etdi.  

– Biz yoshlar tarbiyasida maktab-ota-ona-mahalla-tashkilot hamkorligini yo‘lga qo‘yganmiz, – deydi quyi bo‘g‘in yetakchisi U.Matkarimov. – Lozim bo‘lganda mahalla nozirlari bilan birma-bir uylarga kirib, targ‘ibot ishlarini olib boryapmiz. Shu bilan birga ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o‘quvchilarni ishlab chiqarish sexlari va korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ustoz-shogird ana’anasini davom ettirgan holda kasb-hunarga qiziqishini oshirishga harakat qilyapmiz.  

Tadbir yakunida 27 nafar yigit-qizga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

O’zLiDeP Xorazm viloyat

Kengashi matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    2312
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+