O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” “Har bir oila – tadbirkor” dasturi targ‘ibotiga qaratilgan seminar tashkil etdi

19.10.2018, 17:13

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” “Har bir oila – tadbirkor” dasturi targ‘ibotiga qaratilgan seminar tashkil etdi

Mustahkam oilalar saodatimiz sarchashmalaridir. Shu boisdan oila mustahkamligini ta’minlash maqsadida yurtimizda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq joylarda bir qancha tadbirlar, davra suhbatlari bo‘lib o‘tayotgani fikrimizning dalilidir.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Zarafshon shahar bo‘limi ushbu muhim hujjat mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida davra suhbati uyushtirdi.  Unda deputatlik guruhi a’zolari, partiyaning shahar bo‘limi xodimlari, “Ayollar qanoti”, BPT a’zolari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda qaror mohiyati va unda belgilangan ustuvor vazifalar, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, faoliyatini kengaytirish harakatida yurgan ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash, joylarda bo‘sh turgan yer maydonlarini yangi tashkil qilingan oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga berish orqali aholi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi. Bu borada olinayotgan kreditlarni rasmiylashtirishda   ortiqcha qog‘ozbozlik, byurokratiyaga yo‘l qo‘ymaslik haqida fikr bildirildi. Shuningdek, ushbu qarorni partiya a’zolari hamda aholi o‘rtasida kengroq targ‘ib qilish yuzasidan kerakli vazifalar belgilab olindi. Qaror ijrosini ta’minlashda esa ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlar uchun munosib sharoit yaratish, bu borada faoliyatini endi boshlayotgan  yoshlarga yo‘l ko‘rsatish, ularni yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan xabardor qilish muhim vazifalardan biri ekanligi uqtirildi.

Yig‘ilganlar “Har bir oila – tadbirkor” dasturi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

M. PIRNAFASOVA,

O‘zLiDeP Navoiy viloyati

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1192
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-10-20 07:56:40

Президентимизнинг “Ҳар бир оила – тадбиркор” дастурини амалга ошириш тўғрисидаги карори жойларга тугри таргибот килинганлиги дан бугунги кунда самарали ишлар гувохи булмокдамиз. Тадбиркорликни ривожлантиришда амалий ердамга хамиша таермиз.


Fikringizni qoldiring

+