“Sen ham faol yoshlar safidasan” loyihasi doirasida 3 nafar O‘zLiDeP faoli “Deluxe fabric”ga ishga joylashdi
22.10.2018, 16:28
O‘zLiDeP Buxoro viloyat shahar Kengashi bilan hamkorlikda “Deluxe fabric” korxonasida “Sen ham faol yoshlar safidasan” loyihasi doirasida “Yoshlar bandligini taminlash - muhim vazifamizdir” mavzusida ochiq muloqot tashkil etdi. Tadbirda partiya mas’ul xodimlari, korxona mamuriyati vakillari, Buxoro shahrining “To‘qimachilik”, “Sadriddin Ayniy”, “Toshmachit” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ishsiz yoshlar, Buxoro muxandislik-texnologiya instituti bitiruvchi talabalari, “Yosh liberallar” klubi a’zolari hamda OAV vakillari qatnashdi.
– Korxonamiz 2011 yil 26 aprel kuni tashkil topgan, – deydi “Deluxe fabric” rahbari M.Halimov. – O‘tgan davr ichida ishlab chiqarish hajmi 2 baravar oshdi. Sifatli mahsulot ishlab chiqarish maqsadida xorijdan zamonaviy avtomatlashtirilgan liniya va dastgohlarni xarid qildik. Belgiyaning “Pikanol” rusumidagi tikuv, Germaniyaning “Zukker Myuller” rusumidagi ohorlash, “Benninger” rusumidagi tandalash uskunalarini olib kelib o‘rnatdik. Natijada ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimiz sifati oshdi.
Ta’kidlash kerak, korxonada har oy 150 ming pogonometer yarim tayyor mahsulot sifatli bo‘z ishlab chiqarilmoqda. Ko‘ylakbop materiallarning Polsha, Latviya, Ozarbayjon, Rossiya davlatlariga eksport qilinmoqda.
Ochiq muloqot davomida “To‘qimachi” MFYda istiqomat qilayotgan 3 nafar O‘zLiDeP faoli “Deluxe fabric”ga ishga joylashdi.
O‘zLiDeP Buxoro viloyat
Kengashi matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
-
Maktab bitiruvchilari yoshlar kichik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishdi
01.03.2024, 22:13
Bildirilgan fikrlar
Бахромов Аслбек2019-01-13 17:13:48
Мени хам шу партяга азо килип ишга олсангиз нефтигаз каллежини тугатганман телфоним 939615202