“Muruvvat” qoshidagi quyi bo‘g‘in “Eng namunali BPT” tanlovining Xiva tuman bosqichida g‘olib bo‘ldi

22.10.2018, 16:31

“Muruvvat” qoshidagi quyi bo‘g‘in “Eng namunali BPT” tanlovining Xiva tuman bosqichida g‘olib bo‘ldi

“Eng namunali BPT” tanlovining Xiva tuman bosqichi yakunlandi. Unda Xiva “Muruvvat” internat uyidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

– Xiva “Muruvvat” internat uyidagi quyi bo‘g‘in 2004 yilda tashkil etilgan, – deydi BPT raisi, Xalq deputatlari shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi Ravshan Sheniyazov. – Quyi tashkilotimiz dastlab 5 nafar O‘zLiDeP tarafdoridan iborat edi. Bugungi kunga kelib ularning soni 106 nafarga yetdi.

Ta’kidlash kerak, joriy yilda BPT a’zolari boshchiligida internatda quyonchilik va parrandachilik yordamchi xo‘jaliklari tashkil etildi. 500 kv metr yerda 2 ta issiqxona qurildi. Eslatib o‘tamiz, mazkur internat uyi joriy yil sentabr oyida “Mehrning vatani – O‘zbekistondir” respublika ko‘rik-tanlovida ham g‘olib bo‘lgan edi.

Sh.Atajanov

O‘zLiDeP Xiva tuman  Kengashi  raisining

birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1074
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-10-23 08:17:57

Хива “Мурувват” интернат уйидаги бошланғич партия ташкилотини танловда голиб булиши билан табриклаймиз. Келгуси ишларингизда омадлар яр булсин!


Fikringizni qoldiring

+