O‘zLiDeP “Samarkand apparel” xususiy korxonasida yoshlarga seminar o‘tkazdi

22.10.2018, 16:46

O‘zLiDeP “Samarkand apparel” xususiy korxonasida yoshlarga seminar o‘tkazdi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat va shahar Kengashlari hamkorligida “Samarkand apparel” xususiy korxonasida “Yirik korxonalar asosida kichik bizneslar va ishchi o‘rinlarini yaratish” mavzusida amaliy o‘quv – seminari tashkil etildi. Seminarda tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda “Har bir oila - tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturlarining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

- Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik ko‘nikmalarini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar, xotin-qizlarning moliyaviy, huquqiy savodxonligini oshirish, ularga marketing va xodimlarni boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini berishdan iborat, - deydi O‘zLiDeP Samarqand shahar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Hasan Xo‘jaqulov.

Tadbirdan so‘ng yoshlar «Bofanda» MChJ negizida tashkil etilgan “Samarkand apparel” xususiy korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur korxona tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljalangan bo‘lib, bir necha yildan buyon Janubiy Koreyaning “YOUNGONE” kompaniyasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida  korxonaga 12 mln. dollarlik investitsiya kiritilishi hisobiga korxona yangi zamonaviy jixozlar bilan ta’minlandi. Hozirda bu yerda 300 nafarga yaqin ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda. Ushbu korxonada  bolalar va kattalar uchun mavsumiy kiyim-kechaklar, ish formalari ishlab chiqarilib, mahsulotlarning asosiy qismi xorijga eksport qilinadi.

 Baxtigul Qarshiyeva

O‘zLiDeP Samarqand

viloyat Kengashi

 matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    507
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-10-22 20:19:55

Илғор чет эл мамлакатлари ишбилармон -тадбиркорлари билан бундай ҳамкорликни кучайтириш, кенгайтириш- янги иш ўринларининг яратилиши, ишлаб чиқаришнинг ўсиши, пировардида халқ фаровонлигининг ошиши демакдир.


Fikringizni qoldiring

+