Jizzax sement zavodi huzuridagi BPT Sh.Rashidov tumanining eng namunali quyi bo‘g‘ini deb topildi

22.10.2018, 16:52

Jizzax sement zavodi huzuridagi BPT Sh.Rashidov tumanining eng namunali quyi bo‘g‘ini deb topildi

“Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” tanlovining Sharof Rashidov tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” qoshidagi Jizzax sement zavodida tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkiloti g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

– Tanlovda 67 ta quyi bo‘g‘in ishtirok etdi, – deydi Jizzax sement zavodi qoshida tashkil etilgan boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Dilshod Xudoyberdiyev. – Har bir quyi bo‘g‘in o‘tkazgan tadbirlari, partiya dasturiy maqsadlari targ‘iboti va a’zolar safini kengaytirish bo‘yicha qayd etgan natijalariga qarab baholandi.  

Ta’kidlash kerak, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qoshidagi Jizzax sement zavodi 2011 yil ishga tushirilgan. Korxonada 2016 yilda O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini tashkil etilgan. Hozirda korxona ishchi xodimlarining 299 nafari partiya a’zoligiga qabul qilingan bo‘lib, partiyaga a’zo qabul qilish bo‘yicha eng namunali boshlang‘ich tashkilotlardan biri hisoblanadi.

Xolbek Asadov,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

BPTlar bilan ishlash guruxi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1993
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+