O‘zLiDeP deputati ko‘magida “Xonobod o‘rta” MFYda zamonaviy MTM barpo etiladi

22.10.2018, 17:16

O‘zLiDeP deputati ko‘magida “Xonobod o‘rta” MFYda zamonaviy MTM barpo etiladi

Aholi turmush tarzini yanada yaxshilash va ularga qulay sharoit yaratish maqsadida Pop tumanining “Xonobod o‘rta” va “Xonobod” mahallalari aholisi bilan yuzma-yuz muloqot tashkil etildi.  O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi va partiya deputatlik guruhi a’zolari tomonidan o‘tkazilgan muloqotda elektr va toza ichimlik suvi ta’minoti, bandlik va uy-joy masalasi, bolalar bog‘chasini tashkil etish kabi taklif va murojaatlar kelib tushdi.

- Ushbu mahallalarda hozirgi kunda 1343 ta xonadonlarda 7306 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi, - deydi “Xonobod” MFY raisi Alisher Murliyev. – Mahallamizda 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 800 nafarni tashkil etadi. Bundan ko‘rish mumkinki, ushbu hududda bolalar bog‘chasi tashkil etish juda muhim. Aholi vakillari ham shu masalada ko‘p bor murojaat qilishmoqda.

Ushbu masala yuzasidan Xalq deputatlari Pop tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Gulbahor Qurolova tuman hokimligiga “2019-2020 yillarda Pop tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga” kiritishda amaliy yordam so‘rab deputatlik so‘rovi jo‘natdi. Natijada Xonobod o‘rta mahallasi hududida 135 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim muassasasi qurish uchun yer maydoni ajratiladigan bo‘ldi.

A.Rahmanov,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi STM rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

  • Ko'rildi
    1112
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-10-23 10:59:48

Президентимиз таъкидлаганидек ҳозирги кунда мактабгача таълим муассасаларини тубдан такомиллаштириш чораларини кўришни давр тоқозо этмоқда. Чунки бугунги куннинг ёшлари келажаги жуда ҳам билимли ва салоҳиятли бўлиши лозим. Бу эса ўз навбатида Ватан тапқдирини белгилаб берадиган меъзон десак асло муболаға бўлмайди.


Fikringizni qoldiring

+