Prezidentimiz qarori olis hududlarda tadbirkorlik sohasini yanada rivojlanishiga xizmat qiladi

22.10.2018, 17:20

Prezidentimiz qarori olis hududlarda tadbirkorlik sohasini yanada rivojlanishiga xizmat qiladi

Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Ayniqsa keyingi vaqtlarda tadbirkorlik sub’ektlariga soliq, bojxona imtiyozlari berish masalasiga yangicha yondashilib, davlatimiz rahbarining bir qator qaror va farmonlari qabul qilindi.

Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi nafaqat ushbu sohani rivojlanishiga, shu bilan birga ish o‘rinlari soni oshishiga, xalq farovonligiga xizmat qilmoqda.

Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018 yil 15 oktyabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
Qarori tadbirkorlik sohasi uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, aholi bandligi va farovonligini oshirish, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan o‘z ishlab chiqarishini muntazam modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, uni yuqori sifat va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkonini beradigan ilg‘or zamonaviy uskunalar bilan ta’minlashga qaratilgan samarali rag‘batlantirish tizimini yaratishga xizmat qiladi.

Qarorga muvofiq, jumladan birlamchi shakldagi etilen polimerlari olib kirishda bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imi bundan mustasno) ozod qilindi. Bu esa, ushbu mahsulotga bo‘lgan talabni qondirishga, mahsulot ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish imkonini beradi.

Yana bir jihat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 yanvardagi “2017-2021 yillarda orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq, Shumanay, Qonliko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy tumanlarida, Xorazm viloyatining Yangiariq va Qo‘shko‘pir tumanlarida 2027 yilning 1 yanvariga qadar muddatga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tumanlarida 2022 yilning 1 yanvariga qadar muddatga yagona soliq to‘lovini to‘lashdan ozod qilingan edi.

Prezidentimizning 2018 yil 15 oktyabrdagi mazkur Qaroriga muvofiq, enidilikda ushbu hududlarda joylashgan tadbirkorlik sub’ektlari O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan va faqatgina ushbu tumanlarda foydalaniladigan maxsus texnika, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, metall konstruksiyalar uchun 2020 yil 1 yanvariga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imi bundan mustasno) ozod qilindi.

Bunday imkoniyat va imtiyozlar olis hududlarda tadbirkorlik sohasini yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

O‘tkirbek TURSUNOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1121
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-10-23 10:55:44

Дарҳақиқат Ўзбекистонимизнинг барча ҳудудларида тадбиркорликни ривожлантиришга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Фақат бу имкониятлардан оқилона фойдаланиш лозим холос.


Хива туман Кенгаши ижрочи котиби Я.Хожаниязова2018-10-23 09:22:18

Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан 2018 йил 15 октябрда қабул қилинган “Тадбиркорлик учун шарт-шароитлар яратишга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Қарори чекка худудлардаги аҳоли қатламини тадбиркорлик орқали янада қўллаб - қувватлашга қаратилганлиги эътиборга моликдир.


Рахманова Гульнара УзЛиДеП тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-10-23 08:08:37

Хакикатдан хам маколада айтилаганидек, Президентимиз томонидан 2018 йил 15 октябрда қабул қилинган “Тадбиркорлик учун шарт-шароитлар яратишга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги карори мазмуни ва мохиятини тугри тушинган хар бир тадбиркор янада куплаган кулайликлар яратилганига хурсанд булиб кизгин куллаб кувватламокда. Биз партия вакиллари хар бир карор ва фармонни электоратимизга уз вактида тушинтириб таргибот килиб боришимиз лозим


Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-10-22 20:39:13

Президент қарори асосида тадбиркорларга, айниқса чекка жойларда истиқомат қилиб, тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланаётган ишбилармонларга имтиёз ва имкониятларнинг берилиши чекка ҳудудларда ишлаб чиқаришнинг ўсишига, янги иш ўринларининг яратилишига, ҳудудларда ўзаро хўжалик алоқаларининг, товар-пул муносабатларининг кенгайишига, пировардида халқ турмуш шароитининг яхшиланишига сабаб бўлиши шубаҳсиздир.


Fikringizni qoldiring

+