O‘zLiDeP rahbari “Nukus Evro Stroy” va “Kardar” korxonalarida tashkil etilgan BPT faoliyatini ko‘zdan kechirdi

23.10.2018, 15:38

O‘zLiDeP rahbari “Nukus Evro Stroy” va “Kardar” korxonalarida tashkil etilgan BPT faoliyatini ko‘zdan kechirdi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov qoraqalpog‘istonlik tadbirkor va fermerlar bilan uchrashuvlari davomida Nukus shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Dastlab partiya vakillari Nukus shahridagi “Kardar” MChJga tashrif buyurdi. Korxona rahbari Murat Shimbergenov u yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ish faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Mazkur korxonada temir darvoza va eshiklar, turli xil temir buyumlari ishlab chiqarilmoqda.

Qolaversa, partiya rahbari “Kardar” MChJ qoshida faoliyat yuritayotgan “Hamkor pro export” korxonasi bilan ham yaqindan tanishdi. Mazkur korxona Yevropa standartlariga to‘liq javob beradigan mahsulot ishlab chiqaruvchi “Imzo” kompaniyasining Qoraqalpog‘istondagi ilk rasmiy dilleri hisoblanadi. Korxonada uy va ofislar uchun alyumin, plastik deraza va eshiklar, tashqi devor uchun maxsus oynalar, MDF eshiklari ishlab chiqarilyapti.

Aktam Xitov Nukus shahridagi “Nukus Evro Stroy” MChJ faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Partiya vakillarining ushbu korxona rahbari Azat Shimbergenov bilan suhbati davomida dastlab 4 nafar ishchi xodim bilan ish boshlab, bugungi kunga kelib ishchilar soni 60 nafarga yetganligini ta’kidlab o‘tdi. Korxona ishchi-xodimlarining aksariyatini yoshlar tashkil qiladi. U yerda shpaklyovka, flagey, rangli kraskalar va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda.

- Bundan tashqari korxonamiz yo‘l qurilishi uchun xom-ashyolar (shebin va rakochkalar)ni barcha tumanlarga sifatli va tez buyurtmalar asosida yetkazib beryapti, - deydi tadbirkor Azat Shimbergenov.

Partiya rahbari ushbu korxonalarga tashrifi davomida u yerda faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini ham ko‘zdan kechirdi. Ushbu tadbirkorlik sub’ektlari partiyaning asosiy elektorati ekanligi, shu boisdan ham ularning manfaatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, elektoratimiz safini yanada kengaytirish muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1675
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-10-23 17:23:39

Партиямиз рахбарларнинг Коракалпогистон Республикасидаги тадбиркорлик сохасидаги янгиланишлар, кулга киритилаетган ютуклари ва албатта улранинг келажак режалари билан кенг турда танишганлигига гувох булдик. Тадбиркорларимиз хам уз навбатида рахбарлар эътиборидан рози булиб миннатдорчиликлар билдирмокда.


Fikringizni qoldiring

+