O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” namanganlik 20 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minladi

23.10.2018, 17:02

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” namanganlik 20 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minladi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlar ishtirokida “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish faoliyatimizning muhim qismiga aylanmog‘i lozim” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Amaliy-seminarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan ayollarning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishlarida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash borasida so‘z yuritildi.

Qolaversa, mahallalarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan oilalarni biznesda ijobiy natijalarga erishgan tajribali tadbirkorlarga biriktirilishi aytib o‘tildi. Seminar qatnashchilarining sohaga oid berilgan savollariga mutaxassislar aniq javoblar qaytarishdi.

Tadbir ishtirokchilariga Namangan shahridagi “Tekstil libos” va “8-mart” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Buning natijasida mehnatda band bo‘lmagan, uyda o‘tirgan 20 nafar opa-singillarimiz ushbu to‘qimachilik korxonalariga ishga qabul qilindi. 

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

Matbuot bo‘limi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1073
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Гулноза2018-11-08 05:02:38

Фикир эмас илтимос давлат ишчиси булсам дейман маьлумотим урта махсус узимизни тумани бирор ташкилотига ишга жойлашишимда амалий ердам суроб коламан


Гулноза2018-11-08 05:02:37

Фикир эмас илтимос давлат ишчиси булсам дейман маьлумотим урта махсус узимизни тумани бирор ташкилотига ишга жойлашишимда амалий ердам суроб коламан


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-10-23 17:19:47

“Ҳар бир оила – тадбиркор” дастурининг амалга оширилшидаги партиямиз фаолларининг мехнатлари мактовга сазовар албатта. Бугинги куннинг бош вазифаларидан булган ишсизликнинг олдини олишда амалий ердам килган Наманганлик фаол хотин кизларимиз билан мактанамиз.


Fikringizni qoldiring

+