O'zLiDeP deputati 23 yoshli Nilufarga dori-darmon olib berishda homiylik qildi

23.10.2018, 17:27

O'zLiDeP deputati 23 yoshli Nilufarga dori-darmon olib berishda homiylik qildi

O'zLiDeP Farg‘ona tuman Kengashi “Farovon oila” loyihasi doirasida qator tadbirlar o‘tkazmoqda. Partiya vakillari va faollaridan iborat ishchi guruhlar xonadonlarga kirib borib, ko‘plab yechimini kutayotgan muammolarni aniqlashmoqda. Muammolar esa mutasaddilar, deputatlar, homiy tashkilotlar ko‘magida o‘z yechimini topayotir.

– 4 yildan buyon jigar o‘tkir surunkali gepatit, tsirroz kasalligi bilan kurashib kelyapman, – deydi Farg‘ona tumani “Vodil” qishlog‘ida  yashovchi 23 yoshli  Nilufarxon Xatamova. – Ammo oxirgi vaqtlarda moddiy tomondan ancha qiynalib qoldik. Deputatimiz Murodjon aka Ergashev meni holimdan xabar olib turibdi. Anchadan buyon dori-darmonlarimni ololmayotganimni bilgach, yordam berishlarini aytishdi. Deputatimizga mingdan-ming rahmat aytaman.

Nilufarning davolanishga muhtojligi va oilaviy sharoitini inobatga olib, O'zLiDeP Farg‘ona tuman Kengashi “Ayollar qanoti” va Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Murodjon Ergashev homiylik asosida 1 mln. 754 ming so‘mlik eng zarur dori-darmonlar olib berildi.

Ta’kidlash joiz, joylarda “Farovon oila” loyihasi doirasida aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar davom ettirilmoqda.

O'zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    485
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+